ISO sertifikati

"TREST 12" aksiyadorlik jamiyatining barcha yo'nalishdagi faoliyati “CERT International” xalqaro tashkiloti tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi o'rganildi. Natijada, TREST 12 aksiyadorlik jamiyati quyidagi xalqaro muvofiqlik sertifikatlarini oldi:

2020 yilda

  • Tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish standarti talablariga muvofiqligi to'g'risida № ABMS-0405/A sertifikati;
  • Tashkilotning sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 talablariga muvofiqligi to'g'risida №QMS-0272/А sertifikati.

2021 yilda

  • Korxonalar faoliyatining atrof muhitga ta'sirini kamaytirish uchun tashkilotning ekologik menejment tizimining ISO 14001:2015 talablariga muvofiqligi to'g'risidagi № EMS-0456/A sertifikati.
  • Tashkilotning sog'liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimining ISO 45001:2018 talablariga muvofiqligi to'g'risidagi № OH&SMS-0456/A sertifikati.
  • Tashkilotning integratsiyalashgan menejment tizimining ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 talablariga muvofiqligi to'g'risidagi № IMS-0456/A sertifikati.

Audiot tekshiruvi jarayonida auditorlar ta'lim, trening, malaka va tajribalarga asoslangan bo'lim rahbarlarining vakolatlarini, muvofiqlashtirilgan va professional jamoani, audit davomida aniqlangan sharhlarga tezkor javob berish tomonlarini ijobiy qayd etdilar.

Auditorlik tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tib, "TREST 12" AJ o'zining hayotiyligini, ishonchliligini, shuningdek, bajarilgan ishlarning yuqori sifat darajasini yana bir bor isbotladi.