HAMKORLIK

"TREST 12" AJ sizni hamkorlikka chorlaydi.

Agar siz biz bilan hamkorlikda ishlashga qiziqsangiz va sizda takliflar yoki savollar bo'lsa, ariza va takliflaringizni info@trest12.uz elektron pochta manziliga qoldiring.

Kompaniya faoliyati

- uy-joy va ijtimoiy ob'ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish;

- yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga binoan ishlab chiqarish va ma'muriy binolar (jahon standartlari darajasidagi mehmonxona majmualari, savdo markazlari, zavod va fabrikalar, universitetlar, institutlar, maktablar, tibbiyot markazlari va kasalxonalar);

- qurilish materiallari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish;

- yo'lovchi va yuklarni tashish, mexanizmlar bo'yicha xizmatlar va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari doirasida faoliyatning boshqa turlari.

"Trest 12" AJ taklif etadi

Doimiy hamkorlar bilan birgalikda biz me'moriy va loyihalashtirish topshirig'ini tayyorlashdan tortib to foydalanishga topshirishgacha qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiramiz. Mijoz bilan kelishilgan holda, barcha ishlar "tayyor holda" amalga oshiriladi.

Mijozlarning inshootlarini qurishda muammolarini hal qilish va foydalanishga topshirishda kompleks yondashuv, shu jumladan bosh pudratchining vazifalarini bajarish. Kompaniya bir vaqtning o'zida texnik buyurtmachi, bosh pudratchi va texnik nazorat funktsiyalarini bajaradigan qurilish jarayonini to'liq tashkil etishni ta'minlaydi. Umumiy shartnoma asosida qurilish-montaj ishlarining 75%dan ortig'i kompaniyaning o'z kuchlari hisobiga amalga oshiriladi. Yuqori ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarini amalga oshirishda ijobiy fikrlarga va ushbu sohada tajribaga ega bo’lgan ishonchli pudratchilar jalb qilinadi.

Zamonaviy manbalar va energiya tejaydigan qurilish texnologiyalaridan va samarali qurilish-montaj uskunalaridan foydalaniladi. Kompaniya rivojlangan moddiy-texnik bazaga, shu jumladan murakkab qurilish-montaj ishlarini bajarishga qodir bo'lgan noyob qurilish texnikalariga ega. Kompaniyaning ishlab chiqarish aktivlari va omborxona maydonlariga, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan metallga ishlov berish, alyuminiy mahsulotlari va vitrajlar ishlab chiqarish, beton qorishmalar va mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga ega.

Qurilish ishlarini yuqori sifatli qurilish va pardozlash materiallari bilan maqbul narxlarda ta'minlaydi. Kompaniya 100 dan ortiq horijiy va mahalliy, qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqaruvchilar va etkazib beruvchilar bilan biznes aloqalarini o'rnatgan.

Agar siz biz bilan hamkorlikda ishlashga qiziqsangiz va sizda takliflar yoki savollar bo'lsa, ariza va takliflaringizni info@trest12.uz elektron pochta manziliga qoldiring.