2023 yil 14 aprel Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi

“TREST 12” AJ aksiyadorlarga 2023 yil 31 mart kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun zarur kvorum yig'ilmaganligi sababli, navbatdagi yig‘ilish 2023 yil 14 aprel kuni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko’chasi, 1a-1b manzilida o‘tkazilishini ma’lum qiladi ("Trest 12" OAJ ma'muriy binosi).

Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish: soat 10:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish yakunlanishi: soat 11-00 da.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi soat 11-00 da boshlanadi.

AKSIYADORLARNING UMUMIY YIG'ILISHI KUN TARTIBI

1. Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

3. Majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash, xizmatlari uchun to'lovning maksimal miqdorini aniqlash va shartnoma tuzish.

4. Jamiyatni ajralib chiqish shaklida qayta tashkil etish to'g'risida.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar 2023 yil 27 martda tuzilgan, o‘tkazilmagan umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestriga muvofiq aniqlanadi.

Navbatdan tashqari umumiy yig'ilishda qatnashish uchun Aksiyadorlar vakillari qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ishonchnomaga ega bo'lishlari shart.

Aksiyadorlarga qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig'ilishida ko'rib chiqiladigan materiallar bilan tanishish imkoniyati Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifonur ko'chasi 1a-1b-uy manzilida amalga oshiriladi.

Elektron pochta manzili: info@trest12.uz