ISO 37001:2016 SERTIFIKATI

"TREST12" aksiyadorlik jamiyati korruptsiyaga qarshi xalqaro ISO 37001:2016muvofiqlik sertifikatini oldi.

Joriy yilning oktyabr oyida "TREST12" aksiyadorlik jamiyatining barcha sohalardagi faoliyati xalqaro “CERT International” tashkiloti tomonidan o'rganilib, jamiyatning korrupsiyaga qarshi dasturi standart talablariga javob berishiga ishonch hosil qilindi.

O'rganishlar natijasida "TREST12" aksiyadorlik jamiyati barcha faoliyatning ISO 37001:2016xalqaro "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" standartiga muvofiqligi bahosini oldi, xalqaro reestrga kiritildi va tasdiqlash sertifikatini oldi.