Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishining keyinga qoldirilishi to'g'risida

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini 2020 yil 30-noyabrga qoldirilishi to'g'risida

Hurmatli “Trest 12” AJ aksiyadorlari

«Trest 12» aksiyadorlik jamiyati sizga shuni ma'lum qiladiki, 2019 yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun 2020 yil 12 oktyabrda talab qilinadigan kvorum yig‘ilmaganligi sababli, navbatdagi yig‘ilish 2020 yil 30 noyabr' kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Aksiyadorlarning takroriy yillik umumiy yig‘ilishining o‘tkazilish joyi va kun tartibi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish 2020 yil 30 noyabr soat 10:30 da yig‘ilish o‘tkaziladigan joyda boshlanadi.

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 68-moddasiga muvofiq - agar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining sanasi yigirma kundan kam vaqtga kvorum yo‘qligi sababli qoldirilsa, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar, qoldirilgan umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestriga muvofiq belgilanadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi materiallari bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi 1a-1b

Aloqa telefoni: (97) 711-89-86

Elektron pochta: info@trest12.uz

O‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi xujjat yoki boshqa shaxsiy guvohnoma (agar siz aksiyadorning vakili bo‘lsangiz, ishonchnoma) bo‘lishi shart.

Bosh direktor: Nazirov F.F.