Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishining keyinga qoldirilishi to'g'risida

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini 2020 yil 12-noyabrga qoldirilishi to'g'risida

Hurmatli aktsiyadorlar!
"Trest 12" AKSIYADORLIK JAMIYATI, sizga shuni ma'lum qiladiki, 2019 yil yakunlari bo'yicha 2020 yil 6 oktyabrda aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini (AYUY) o'tkazish uchun zarur kvorum yig'ilmaganligi sababli navbatdagi yig'ilish 2020 yil 12 noyabr kuni soat 11:00da bo'lib o'tadi. AYUY ning o'tkazilish joyi va kun tartibi o'zgarishsiz qoldirildi.
AYUYda ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish 2020 yil 12 noyabr soat 10:30 da yig'ilish o'tkaziladigan joyda bo’lib o’tadi. AYUY to'g'risida xabar berish uchun hamda qatnashish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar ro'yxati 2020 yil 20 oktyabr holatiga ko'ra aktsiyadorlar reestriga muvofiq tuziladi.
AYUY materiallari bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko'chasi 1a-1b.
Aloqa telefoni: (97) 711-89-86, elektron pochta: info@trest12.uz
Iltimos, yoningizda (agar siz aktsiyadorning vakili bo'lsangiz, ishonchnoma)shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz yoki boshqa shaxsiy guvohnomangizni bo’lishini so’raymiz.