2020 yil 6 oktyabrda AYUY o'tkazilishi bo'yicha e'lon

2020 yil 6 oktyabrda AYUY o'tkazilishi bo'yicha e'lon

"Trest 12" aksiyadorlik jamiyati 2020 yil 6 oktyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko’chasi, 1a-1b manzilida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tishini ma’lum qiladi. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qatnashish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2020 yil 30 sentyabrda tuzilgan aksiyadorlar reestri asosida tuziladi. Umumiy yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish 2020 yil 6 oktyabr soat 09:30 dan 09:55 gacha davom etadi.
KUN TARTIBI
• Hisoblash komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
• aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
• Jamiyat ijro etuvchi organi rahbarining “2019 yilga mo'ljallangan jamiyat rivojlanishida yillik biznes-rejasining asosiy parametrlarini bajarish borasidagi ishlar to'g'risida” hisobotini tasdiqlash.
• Kuzatuv kengashining 2019 yildagi faoliyati natijalari to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.
• 2019 yil moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalari bo'yicha auditorlik tekshiruv xulosasini tasdiqlash.
• jamiyatning 2019 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiruv natijalari bo'yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash.
• 2019 yilgi yillik hisobot va buxgalteriya balansini tasdiqlash.
• 2019 yil oxirida sof foyda va zararlar taqsimoti.
• Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
• Jamiyat taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
• Jamiyatning joriy xo'jalik faoliyati davomida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarni tasdiqlash.
• Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi materiallari bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko’chasi, 1a-1b
Aloqa telefoni: (97) 711-89-86
Elektron pochta manzili: info@trest12.uz.
O’zingiz bilan pasport yoki boshqa shaxsingizni tasdiqlovchi guvohnoma bo’lishi shart (agar siz aksiyadorning vakili bo'lsangiz, ishonchnoma).