AYUY

2021 yil 30 iyunda AYUY o'tkazilishi bo'yicha e'lon

XURMATLI "TREST 12" AJ AKSIYADORLARI
"Trest 12" aksiyadorlik jamiyati 2021 yil 30 iyun kuni aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi quyidagi manzilda bo'lib o'tishini ma’lum qiladi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko’chasi, 1a-1b ("Trest 12" AJ ma'muriy binosi).
Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish: soat 10:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish tugashi: soat 11-00 gacha.
Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi soat 11-00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar berish uchun aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi 2021 yil 31 may, aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida qatnashish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi ish tugashi bilan 2021 yil 25 iyun kuni.
AKTSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIG'ILISHI KUN TARTIBI
1. Hisoblash komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2020 yilga mo'ljallangan Biznes-rejasining asosiy parametrlari, aktsiyadorlik jamiyatining 2020 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalari bajarilishi to'g'risida "Trest 12" AJ Bosh direktori hisobotini tinglash.
4. Jamiyatning 2020 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati auditi natijalari bo'yicha Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
5. Kuzatuv kengashining 2020 yildagi faoliyati natijalari to'g'risidagi hisobotini tinglash.
6. Jamiyatning 2020 yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
7. Jamiyatning 2020 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalari bo'yicha sof foydani taqsimlashini tasdiqlash.
8. "Trest 12" AJ Ustavining yangi tahririni tasdiqlash.
9. "Kuzatuv kengashi to'g'risida"gi nizomga o'zgartirishlar kiritish.
10. Ijro etuvchi organ rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish.
11. "Trest 12" AJ Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
12. "Trest 12" AJ Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
13. "Trest 12" AJning affillangan shaxslari bilan kompaniyaning joriy iqtisodiy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, kelgusida kompaniyaning joriy yillik iqtisodiy faoliyati davomida navbatdagi yillik umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlar tuzilishini tasdiqlash to'g'risida.
Yillik umumiy yig'ilishda qatnashish uchun aktsiyadorlar vakillari qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ishonchnomaga ega bo'lishlari shart.
Aksiyadorlarga qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlarning navbatdagi Umumiy yig'ilishida ko'rib chiqiladigan materiallar bilan tanishish imkoniyati Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifonur ko'chasi 1a-1b-uy manzilida amalga oshiriladi.
Elektron pochta manzili: info@trest12.uz