“G‘alaba bog‘i” majmuasida ijodiy ishlar yaratgan haykaltaroshlar uchun to‘langan gonorarlar to‘g‘risida MA'LUMOT

Nov 23, 2020, 4:35:53 AM

Toshkent shahar Olmazor tumanida barpo etilgan

“G‘alaba bog‘i” majmuasida ijodiy ishlar yaratgan haykaltaroshlar

uchun to‘langan gonorarlar to‘g‘risida

MA'LUMOT

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2019 yil sentyabr oyida Toshkent shahar, Olmazor tumanida “G‘alaba bog‘i” majmuasini qurilish ishlari olib borilgan.

Loyihaga muvofiq majmuada xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etadigan, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtiradigan, Ikkinchi jahon urushi muhitingi o‘zida aks ettiradigan, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqida ma'lumotlarni o‘zida jamlagan monumental haykallar yasalishi rejalashtirilgan.

Bu borada xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida, majmuaning bosh pudratchisi hisoblangan “Trest 12” aksiyadorlik jamiyatitomonidan haykaltaroshlar Y. Boqiev, U. Asrorov, J. Annazarov va B. Norboevlar Xitoy Xalq Respublikasiga malaka oshirish uchun yuborilgan.

Haykaltaroshlar tomonidan majmuada “Terakzor” favvorasi, “Shon-sharaf gulchanbari” barel'efi, “G‘alaba” kompozisiyasi, Ikkinchi jahon urishi mavzusidagi barel'ef, “Yugurayotgan soldat”, 101 figuradan iborat “Konslager'”, “Asrab olingan 200 000 bolalar”, 2 figurali “Musiqachi soldatlar”, 5 figurali “Yugurayotgan bolalar” favvorasi, “Okop 1” va “Okop 2”, “Front orti”, “Uchrashuv”, “Kuzatish”, “Urush” deb nomlangan barel'eflar, “Ikkinchi jahon urushining 14 qahramoni”, “Mevalar, non, samolyotlar” deb nomlangan barel'eflar, “Zulfiya Zokirova va uning 4 kelinlari” kompozisiyasi kabi ijodiy ishlar yaratilgan.

Joriy yilning 27 mayida Hukumatning tegishli farmoyishi bilan tashkil etilgan Baholovchi guruh tomonidan majmuada yaratilgan ijodiy ishlar va badiiy yodgorliklarning 6 nafar mualliflariga to‘lanadigan jami 5 mlrd 459 mln so‘m mualliflik haqlari (gonorarlar) belgilangan va 2020 yil 29 mayda haykaltaroshlar B.Norboev 1 233,1 mln so‘m hamda M. Borodinaga 481,3 mln so‘m mualliflik haqi (gonorar) va ish haqi to‘liq to‘lab berilgan.

M.Safaryan, Y. Boqiev, U. Asrorov, J. Annazarovlarga mualliflik haqlarini to‘lash uchun o‘z vaqtida zaruriy hujjatlar taqdim etilmaganligi sababli “Trest 12” jamiyati tomonidan ushbu gonorarlarni to‘lash imkoniyati bo‘lmagan.

Koronavirus pandemiyasi davrida karantin joriy qilinishi munosabati bilan barcha tashkilotlar kabi “Trest 12” jamiyatida ham moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Bugungi kunda Hukumat tomonidan karantin tartiblarini yumshatishbo‘yicha ko‘rilgan ta'sirchan choralar natijasida jamiyatning moliyaviy ahvoli yaxshilandi va 2020 yil 20 noyabr' kuni barcha hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng haykaltaroshlar M. Safaryan, Y. Boqiev, U. Asrorov, J. Annazarovlarga jami 3 mlrd 684 mln so‘m mualliflik haqlari (gonorar) to‘liq to‘lab berildi.

“Trest 12” AJ ma'muriyati